Körik-tanlov. Nazokat ortidagi şijoat
2026-11-09 23:00:00 / Yangiliklar

Jamoat xavfsizligi universitetida «Vatan mehri yuragimda» şiori ostida «Tömaris izdoşlari» körik-tanlovi ötkazildi.
Unda kuç tuzilmalari va harbiy idoralarning 7 jamoasi 7 ta şart böyiça özaro bellaşdi. Qatnaşçilar «Taniştiruv», «Zakovat» intellektual bilimlar bellaşuvi, öq otiş, harbiy va jismoniy tayyorgarlik, «Epçil, tejamkor va orasta beka», «Isteʼdod va mahorat» şartlari böyiça bilim va mahoratlarini namoyiş etdilar.
Şuningdek, «Epçil, tejamkor va orasta beka» şarti iştirokçilarning milliy taom tayyorlaş mahoratini, «Isteʼdod va mahorat» şarti esa ijodiy qobiliyatlarini sinovdan ötkazdi. Har bir şart nafaqat ğoliblik uçun kuraş, balki özaro tajriba almaşiş, döstlik va ham-jihatlikni mustahkamlaş maydoniga aylandi.
Körik-tanlovning yakuniy bosqiçi IIV Madaniyat saroyida bölib ötdi. Tanlov yakuniga köra, «Şijoat ustalari» nominatsiyasida içki işlar vazirligi terma jamoasi, «Aniq zarba» nominatsiyasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati jamoasi ğolib deb topildi.
«Aql çarxi» nominatsiyasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona qömitasi, «Çeksiz ğayrat» nominatsiyasida Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi, «Vatan yuragimda» nominatsiyasida esa Favqulodda vaziyatlar vazirligi jamoasi ğoliblikni qölga kiritdi.
Ğolib jamoalar Oila va xotin-qizlar qömitasining esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
© «Postda» gazetasi, Adolat Fayziyeva, Toşkent şahri
