Oʻzbekiston terma jamoasi — MDH davlatlari XIII xalqaro sport festivali kumush medal sovrindori
2026-11-09 09:00:00 / Yangiliklar

2026-yil 1–6-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida MDH ishtirokchi davlatlarining XIII Xalqaro sport festivali boʻlib oʻtdi.
13 ta mamlakat va hudud vakillari ishtirok etgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston sharafini Starvolley voleybol maktabi tomonidan shakllantirilgan qizlar jamoasi himoya qildi.
2010–2013-yillarda tugʻilgan sportchilarimiz voleybol bahslarida munosib ishtirok etib, guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarda gʻalaba qozondi. Oltin divizionda ham yuqori natija koʻrsatgan jamoamiz yarim finalga yoʻl oldi.
Hal qiluvchi bahsda Belarus terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan qizlarimiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va yakunda faxrli ikkinchi oʻrinni egallab, festivalning kumush medaliga sazovor boʻldi.
Alohida taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston jamoasi turnirdagi eng yosh tarkibga ega jamoa sifatida eʼtirof etildi. Bu natija yosh sportchilarimizning salohiyati, jamoaviy birdamligi va murabbiylar mehnatining yorqin namunasidir.
Ushbu muvaffaqiyat bilan sportchilarimiz, murabbiylar shtabi hamda jamoani qoʻllab-quvvatlagan barcha insonlarni muborakbod etamiz!
Oʻzbekiston sharafi xalqaro maydonda munosib himoya qilindi. Yangi marralar sari olgʻa!





