Namangan viloyatida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng koʻlamli tezkor-profilaktik tadbirlarining uchinchi bosqichi doirasida viloyat rahbarlari ishtirokida xizmat oldi yoʻriqnomasi oʻtkazildi
2026-11-03 20:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 1-noyabridan 1-dekabriga qadar respublikamizning barcha hududlarida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng koʻlamli tezkor-profilaktik tadbirlarining uchinchi bosqichi oʻtkazilmoqda. Mazkur tadbirlar aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan ishonchli himoya qilishga qaratilgan.
Jumladan, bugun Davlatobod tumani hududida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida xizmat oldi yoʻriqnomasi oʻtkazildi. Unda Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari, shuningdek, mazkur idoralarning hududiy boʻlinmalari rahbarlari va tuman hokimlari videoselektor orqali ishtirok etdilar.
Yoʻriqnoma davomida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng koʻlamli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida kuchaytirilgan tartibda xizmat olib borish, jamoat tartibini saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda hududlarda barqaror kriminogen vaziyatni taʼminlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, xizmatni samarali tashkil etish, xodimlarning hushyorligi va shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish, xizmat intizomi hamda qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etish, fuqarolar bilan muloqot madaniyatiga amal qilish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati









