IIV Akademiyasi professor-oʻqituvchilari, magistraturasi va kunduzgi taʼlim tinglovchilari bilan onlayn tarzda master-klass oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi
2024-10-12 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2021-yil 25-avgustdagi “Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlarining Akademiyada malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashdagi faoliyatini tizimli tashkil etish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga muvofiq, IIV Akademiyasi professor-oʻqituvchilari, magistraturasi va kunduzgi taʼlim tinglovchilari bilan onlayn tarzda master-klass oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Master – klass oʻquv mashgʻulotida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimlarining “Mahalla yettiligi”, uning vazifalari, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olishda amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar”, “Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni fosh etishda sohaviy xizmatlarning oʻzaro hamkorligi hamda unda yuzaga kelayotgan muammolar”, “Axborot texnologiyalari va internet tarmogʻidan foydalanib, sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishda tergovchining boshqa sohaviy xizmatlar bilan hamkorligi hamda ushbu sohada uchrayotgan muammolar yechimi” mavzularidagi maʼruzalari tinglandi.
Ochiq va oʻzaro muloqot ruhida oʻtgan master-klass oʻquv mashgʻulotida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati





