Huquqbuzarliklar profilaktikasi xodimlari bilan oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi
2026-11-01 09:00:00 / Yangiliklar

Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-201-son Farmoni, PQ-394-son qarori hamda PF-21-son Farmonida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.
Mashgʻulot davomida mazkur hujjatlarda nazarda tutilgan ustuvor vazifalar, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi, strategik rejalashtirish, ijro intizomi va natijadorlik koʻrsatkichlari yuzasidan savol-javoblar oʻtkazildi.
Shuningdek, SWOT, PESTEL, Stress Testing va Scenario Analysis kabi tahlil usullaridan foydalanish, hududlarda huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash, mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ularning samarali yechimlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur mashgʻulot xodimlarning huquqiy bilim va kasbiy malakasini oshirish, tahliliy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish hamda xizmat faoliyatida strategik hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.


