IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati rahbariyati ishtirokida Toshkent shahrida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va tirbandliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
2026-11-02 10:25:00 / Yangiliklar

Toshkent shahrida transport vositalari harakatini tartibga solish, yoʻllarda yuzaga kelayotgan tirbandliklarning oldini olish, harakat xavfsizligini taʼminlash hamda poytaxt koʻchalarining oʻtkazuvchanlik imkoniyatlarini oshirish maqsadida YHXX rahbariyati ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda quyidagi:
- Transport oqimi yuqori boʻlgan koʻcha va chorrahalarda harakatni samarali tashkil etish;
- Svetofor obyektlarining ishlash tartibini tahlil qilish va zarur hollarda ularni transport oqimiga moslashtirish;
- Jamoat transporti harakati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- Yoʻl-transport hodisalari va harakatga toʻsqinlik qiluvchi boshqa holatlarning oldini olish boʻyicha profilaktik ishlarni kuchaytirish masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Shu bilan birga, ertalabki va kechki tigʻiz vaqtlarda transport oqimini nazorat qilish, tirbandliklar yuzaga kelishi ehtimoli yuqori boʻlgan hududlarda YHXX xodimlari faoliyatini samarali tashkil etish, yoʻllarda yuzaga keladigan nosozlik va favqulodda vaziyatlarga tezkor munosabat bildirish muhimligi qayd etildi.
IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati




