Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan yangi maʼmuriy binolar, sport maydonchasi hamda oʻq otish poligoni qurilishi jarayonlari oʻrganildi
2026-10-30 11:25:00 / Yangiliklar

Xususan, boshqarma boshligʻi Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasida tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi hamda Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining Sirdaryo viloyati boʻyicha boʻlimi uchun barpo etilayotgan yangi binolarda amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi.
Shuningdek, boshqarma hududida xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ularning jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida qurilayotgan sunʼiy qoplamali sport maydonchasidagi ishlar holati ham oʻrganildi.
Bundan tashqari, xodimlarning kasbiy mahorati va jangovar tayyorgarligini yanada oshirish, xizmat vazifalarini bajarish jarayonida zarur koʻnikmalarini mustahkamlash maqsadida oʻq otish poligonini tashkil etish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Oʻrganish davomida qurilish ishlarining sifatli bajarilishi, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda yangi obyektlarni foydalanishga topshirishda barcha zarur talab va meʼyorlarga qatʼiy rioya etish lozimligi taʼkidlandi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati





