Qashqadaryoda ichki ishlar organlari xodimlari kuni keng nishonlandi
2026-10-27 11:55:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyatida Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 35 yilligi hamda 25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Unda viloyat hokimi Murotjon Azimov, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari hamda Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqqan viloyat hokimi ichki ishlar organlari xodimlarining jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash borasidagi xizmatlari haqida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, xodimlarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularga masʼuliyatli va sharafli xizmat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati







