IIV Jazoni ijro etish departamentida kasb bayrami koʻtarinki ruhda nishonlandi
2026-10-27 10:50:00 / Yangiliklar

"25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari" kuni hamda tizim tashkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan Jazoni ijro etish departamentida tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda davlatimiz rahbarining bayram tabrigi shaxsiy tarkibga yetkazilib, xizmatda alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarga esdalik sovgʻalari, koʻkrak nishonlari hamda navbatdagi maxsus unvonlar tantanali ravishda topshirildi.
Bayramga IIV Ashula va raqs ansamblining kuy-qoʻshiqlari oʻzgacha fayz bagʻishladi. Ayniqsa, Departament xodimlari ijrosidagi sharafli kasb mashaqqati va fidoyilikni tarannum etuvchi qoʻshiq barchada katta taassurot qoldirdi.
IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Axborot xizmati







