Tinchlik va xavfsizlikning jonli ramzi
2026-10-25 20:00:00 / Yangiliklar

Poytaxt koʻchalari boʻylab dronlar kuzatuvi ostida harakatlanayotgan Ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibi, maxsus va zamonaviy texnikalar, xizmat avtomashinalari hamda otliq kavaleriya Amir Temur xiyoboni tomon odimlamoqda.
Yoʻl chetida ularni kuzatayotgan har bir yurtdoshimizning qalbida bugun zamonaviy va xalqchil tuzilmagan aylangan ichki ishlar vazirligi tizimiga boʻlgan ishonch yanada mustahkamlanmoqda.
Xizmat otlarining viqor bilan tuyoqlarini yerga urishi, jamoat xavfsizligini taʼminlash uchun safarbar etilgan zamonaviy avtomobillarning saf tortib borishi, eng muhim bularning barchasini idrok bilan boshqarayotgan ulardan oqilona foydalanayotgan maxsus libosdagi xodimlar ayniqsa yoshlar qalbida sohaga boʻlgan qiziqishni rivojlantirmoqda.
Vatanparvarlik va tinchlikni asrash gʻoyalarini oʻzida mujassam etgan mazkur namoyishni poytaxtimiz mehmonlari, jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari hamda blogerlar ham katta qiziqish bilan kuzatib borishdi.
Tinchlikni asrashga safarbar etilgan, ortga qaytmas kuchni ifodalovchi bu saf bugungi Ichki ishlar organlarining ramziy qiyofasidir.









