Xalqaro tajriba: probatsiya sohasida zamonaviy yondashuvlar oʻrganildi
2026-10-22 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi xalqaro tajriba almashish va probatsiya tizimida zamonaviy yondashuvlarni oʻrganish maqsadida Turkiya Respublikasida boʻldi.
Tashrif davomida Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi Probatsiya xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, nazorat ostidagi mahkumlar bilan ishlash, ularning xulq-atvorini nazorat qilish va qayta huquqbuzarlik sodir etishining oldini olishda qoʻllanilayotgan zamonaviy mexanizmlar va ilgʻor amaliyotlar oʻrganildi.
Tashrif doirasida ikki davlatning probatsiya sohasidagi tajribasini oʻzaro taqqoslash, samarali usullarni amaliyotga joriy etish hamda sohada xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
IIV JXD Axborot xizmati




