KOICA loyihasi doirasida IIV Malaka oshirish institutida zamonaviy simulyatsion oʻquv markazini tashkil etish masalalari muhokama qilindi
2026-10-21 17:10:00 / Yangiliklar

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan oʻquv markazini tashkil etish boʻyicha salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligining tegishli mutaxassislari IIV Malaka oshirish institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida simulyatsiyalashgan oʻquv markazi uchun zamonaviy va yuqori sifatli uskunalarni xarid qilish maqsadida mahalliy bozor oʻrganish, hamda uskunalarni oʻrnatish, ularga texnik xizmat koʻrsatish, ulardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish va foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini oʻrganish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur hamkorlik simulyatsiyalashgan oʻquv markazini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish, ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy tayyorgarligini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
IIV Malaka oshirish instituti





