Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati tomonidan navbatdagi qabul oʻtkazildi
2026-10-21 16:55:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarni sohaga doir qiynayotgan masalalarini aniqlash va ularga qonuniy yechim topish maqsadida navbatdagi qabul oʻtkazildi.
Qabul davomida jami 111 ta murojaat kelib tushdi. Tergovga qadar tekshiruv hamda surishtiruv va dastlabki tergovga oid 86 ta, 3 tasi huquqbuzarliklar profilaktikasi, 11 tasi kadrlar masalalari va 11 tasi boshqa yoʻnalishlarga oid boʻldi.
Tergov yoʻnalishiga oid murojaatlarning 24 tasi (28 foizi) qabul jarayonining oʻzida hal etildi, 20 tasi (23 foizi) yuzasidan fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab qiladigan qolgan 42 ta murojaatlar (49 foizi) esa ish yurituvga olinib, ijrosi nazoratga olingan holda ularning qonuniy yechimini taʼminlash boʻyicha masʼullarga tegishli vazifalar belgilandi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti





