Andijon viloyati IIB boshligʻi tomonidan Baliqchi tumanida aholining ijtimoiy va huquqiy masalalardagi murojaatlarini hal etishga qaratilgan sayyor qabul oʻtkazildi
2026-10-21 11:40:00 / Yangiliklar

Aholining ijtimoiy va huquqiy masalalarga doir murojaatlarini joyida koʻrib chiqish, fuqarolarni oʻylantirayotgan muammolarni bevosita oʻrganish hamda ularning yechimiga koʻmaklashish maqsadida joriy yilning 20-oktyabr kuni Andijon viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Abdumajid Shermuxamedov tomonidan Baliqchi tumanida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda ichki ishlar organlari masʼul xodimlari bilan bir qatorda tegishli davlat idoralari va tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdi. Bu esa fuqarolar tomonidan koʻtarilgan masalalarni har tomonlama va tezkor tarzda koʻrib chiqish imkonini berdi.
Qabul jarayonida fuqarolar ishga joylashish, probatsiya hisobidagi shaxslarga oid masalalar, shuningdek, boshqa ijtimoiy va huquqiy muammolar yuzasidan murojaatlar bilan ishtirok etdilar. Barcha murojaatlar belgilangan tartibda roʻyxatga olinib, koʻrib chiqildi.
Sayyor qabul davomida ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etuvchi masalalar esa nazoratga olinib, ular yuzasidan masʼullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.
Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan aholi murojaatlarini joylarda koʻrib chiqish, fuqarolar bilan ochiq muloqot oʻtkazish amaliyoti izchil davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









