Professional kadrlar – xavfsiz kelajak garovi: Andijon viloyati IIBda ayol xodimalar uchun oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi
2026-10-19 11:30:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-302-son, PQ-303-son hamda PQ–314-son qarorlarining mazmun-mohiyati yuzasidan Andijon viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan ayol xodimalar bilan oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.
Oʻquv mashgʻulotida Jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatiga ilgʻor amaliyotlar va yangicha ishlash uslublarini joriy etish borasidagi vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, oʻquv mashgʻulotda ayol xodimalarning xizmat intizomi, qonuniylikka qatʼiy rioya etishi, fuqarolar bilan muloqot qilish madaniyatini yanada yuksaltirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Jamiyatda huquq-tartibotni taʼminlash, oilalar va xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda ayol xodimlarning oʻrni beqiyos ekanligi taʼkidlandi.
Oʻquv mashgʻuloti yakunida xodimalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olib, oldindagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Mazkur qarorlar ijrosini taʼminlash orqali ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini oshirish va xalqchil tizimni shakllantirishga erishish asosiy maqsad etib belgilandi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati




