Andijon viloyatida Qoʻriqlash xizmati faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
2026-10-19 09:30:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 17-oktyabr kuni Andijon viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Abdumajid Shermuxamedovning Qoʻriqlash xizmati xodimlari bilan uchrashuv-muloqoti boʻlib oʻtdi. Uchrashuv avvalida joriy yilning 16-oktyabr kuni Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Tashpulatov raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida muhokama qilingan masalalar, belgilangan ustuvor vazifalar hamda ularning ijrosini taʼminlash yuzasidan berilgan topshiriqlar shaxsiy tarkibga atroflicha yetkazildi.
Bunda har bir yoʻnalish boʻyicha belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish, xizmat faoliyatida natijadorlikni oshirish hamda xodimlarning shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish zarurligiga eʼtibor qaratildi.
Xususan, aholini kiberjinoyatlardan himoya qilish, fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari va moliyaviy xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega boʻlgan "APK Qoʻriqchi" mobil ilovasidan foydalanish koʻlamini kengaytirish masalasiga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Xodimlarga mazkur ilovaning imkoniyatlarini aholiga sodda va tushunarli tarzda yetkazish kerakligi, shuningdek, kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targʻibot ishlarini yanada kuchaytirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
Shu bilan birga, Qoʻriqlash xizmati xodimlarining samarali faoliyat olib borishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularni qiynayotgan masalalar va mavjud kamchiliklar ham atroflicha muhokama qilindi.
Xodimlarning fikr va takliflarini oʻrganish, ularning xizmat faoliyati davomida duch kelayotgan muammolarini hal etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda xizmat sharoitlarini yanada yaxshilash yuzasidan masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.
Uchrashuvda xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlash masalalari ham tanqidiy nuqtayi nazardan koʻrib chiqildi. Har bir xodimning xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashishi, ichki tartib-qoidalarga qatʼiy amal qilishi, Vazirlik rahbariyati tomonidan belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosini soʻzsiz taʼminlashi lozimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, xizmat jarayonida talabchanlik, hushyorlik va shaxsiy masʼuliyatni yanada oshirish, har qanday holatda qonuniylik tamoyillariga amal qilish muhimligi qayd etildi.
Boshqarma boshligʻi, polkovnik Abdumajid Shermuxamedov xodimlar bilan muloqotda ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy mezoni xalq manfaatlariga xizmat qilish, fuqarolarning ishonchini oqlash va ularning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat ekanini alohida taʼkidladi.
Har bir xodim oʻz kasbiga sadoqatli boʻlishi, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala va adolatli boʻlishi, shu orqali xalqchil ichki ishlar organi xodimi sifatida namuna koʻrsatishi zarurligi uqtirildi.
Tadbir davomida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib, belgilangan yoʻnalishlarda munosib natijalarga erishayotgan xodimlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish masalasiga ham eʼtibor qaratildi. Jumladan, bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, xizmat vazifasiga vijdonan yondashib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda hamkasblariga namuna boʻlish borasida alohida faollik koʻrsatib kelayotgan bir guruh xodimlar boshqarma boshligʻining tashakkurnomalari va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Ushbu uchrashuv Qoʻriqlash xizmati faoliyatidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, xodimlar masʼuliyatini yanada oshirish va belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga qaratildi.
Zero, fuqarolarning mol-mulki va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, qonuniylikka qatʼiy amal qilish hamda xalq ishonchini oqlash har bir qoʻriqlash xizmati xodimining kundalik faoliyatida ustuvor vazifa boʻlib qoladi.
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash Departamenti Axborot xizmati






