Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan general-mayor Botir Qudratxoʻjayevni kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi
2026-10-14 08:15:00 / Yangiliklar

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, faxriylar hamda sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etdilar.
Marosimda Botir Qudratxoʻjayevning Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshligʻi lavozimidagi faoliyati sarhisob qilindi. Xususan, uyushgan jinoyatchilik, narkotrafik va terrorizmga qarshi kurashish, kiberxavfsizlikni taʼminlash, odam savdosiga barham berish hamda mazkur yoʻnalishlardagi ishlarni muvofiqlashtirish borasida amalga oshirgan ishlari, boy tajribasi va xizmat vazifalariga masʼuliyat bilan yondashuvi alohida eʼtirof etildi.
Shuningdek, xizmat faoliyati davomida erishgan yutuqlari, ichki ishlar organlari tizimi rivojiga qoʻshgan hissasi uchun, Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan «Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi» koʻkrak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Marosimda general-mayor Botir Qudratxoʻjayevning yangi lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — Oliy Bosh qoʻmondon rahbarligida mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlash, Vatan tinchligi va xavfsizligini taʼminlash yoʻlidagi masʼuliyatli vazifalarni bajarishda ulkan yutuqlar tilab qolindi.
Tadbir samimiy va koʻtarinki ruhda oʻtdi.









