Jizzax viloyatining “Aydar-Arnasoy” koʻllar tizimida noqonuniy ov va baliq ovlash holatlarining oldini olish maqsadida hamkorlikda reyd tadbirlari oʻtkazildi
2026-10-13 10:15:00 / Yangiliklar

Tadbirda viloyat IIB, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Qoʻriqlash departamentining Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini muhofaza qilish boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi viloyat boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat FVB ishtirok etdi.
Reydlar davomida 1 ming 370 metr taqiqlangan toʻr yoʻq qilindi, 6 ta qayiq, 4 ta qayiq motori va 1 ta avtotransport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi. 7 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 ta holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tabiiy boyliklarni muhofaza qilish va qonunbuzilishlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati









