IIV Malaka oshirish institutining Olmaliq shahridagi oʻquv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilarining navbatdagi bitiruv marosimi boʻlib oʻtdi
2026-10-11 11:15:00 / Yangiliklar

Besh oy davomida kasbiy bilim va amaliy koʻnikmalarini mustahkamlagan, yakuniy sinov va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan 225 nafar tinglovchi oʻqishni muvaffaqiyatli yakunladi.
Tantanali marosimda Institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, soha faxriylari, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Taʼlim jarayonida nazariya va amaliyot uygʻunligiga alohida eʼtibor qaratildi. Tinglovchilar yoʻl-patrul faoliyati, patrul-post xizmati, pasport tizimi va jazoni ijro etish yoʻnalishlari boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalarni egalladilar.
Tadbir davomida oʻqishda yuqori natijalarga erishgan va namunali xulqi bilan ajralib turgan tinglovchilar ham tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Endilikda yosh mutaxassislar zimmasida xalq osoyishtaligini taʼminlash, jamoat xavfsizligini saqlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilishdek yuksak masʼuliyat turibdi.









