Toshkent viloyatidagi biriktirilgan mahallalarda olib borilgan ishlar natijalari taqdim etildi
2026-10-09 21:00:00 / Yangiliklar

Parkent tumanidagi Kriminologiya tadqiqot institutiga biriktirilgan “Nevich” mahallasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining B.Umarov boshchiligidagi masʼul rahbarlariga Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan hudud masʼullari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida Kriminologiya tadqiqot institutiga Toshkent viloyatining 7 ta shahar va tumanida uch yildan buyon “qizil” toifada qolayotgan 13 ta mahalla biriktirilgan.
Mazkur mahallalarda jinoyatchilikning sabab va omillarini aniqlash, profilaktika faoliyatiga ilmiy asoslangan yondashuvlarni joriy etish hamda xavfsiz muhitni taʼminlashga qaratilgan ishlar “ilmiy xulosa — tavsiya — natija” tamoyili asosida tashkil etildi. Har bir mahallaga Institutning ilmiy va amaliy tajribaga ega xodimlari nomma-nom biriktirilib, “mahalla yettiligi” hamda hududiy ichki ishlar organlari bilan doimiy hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.
Joriy yil davomida Institut xodimlari va hudud masʼullari hamkorligida amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida biriktirilgan 13 ta mahallaning 9 tasini (69,2 foiz) boshqa toifaga oʻtkazishga erishildi: 6 tasi “sariq”, 3 tasi “yashil” toifaga oʻtdi.
Jinoyatlar soni “Kichiksoy” mahallasida 3 tadan 2 taga, “Markaziy”da 4 tadan 3 taga, “Nevich” va “Qoʻrsoy”da 1 tadan 0 taga, “Yangilik”da 4 tadan 1 taga, “Obod”da 2 tadan 1 taga kamaydi.
IIV Kriminologiya tadqiqot instituti



