Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumanida jinoyatchilik muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi
2026-10-09 18:50:00 / Yangiliklar

Unda hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda koʻrib chiqildi.
Yigʻilish davomida sodir etilgan ogʻir oqibatli jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularga imkon bergan shart-sharoitlar va omillar atroflicha tahlil qilindi.
Masʼul rahbarlarning bu borada amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborotlari tinglanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar bildirildi. Shuningdek, hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatlarning oldini olish va ularga sabab boʻlayotgan omillarni bartaraf etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Ayniqsa, oilaviy-maishiy nizolar, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan manzilli ishlash hamda aholi bilan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.
Masʼul rahbarlarga hududda jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha qator vazifalar belgilab berildi.
Yigʻilish yakunida har bir aniqlangan kamchilik yuzasidan tegishli choralar koʻrish, belgilangan vazifalar ijrosini qatʼiy nazoratga olish hamda kelgusida bunday salbiy holatlarning takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati






