Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan fuqarolarning Ichki ishlarga bogʻliq masalalari yuzasidan shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2024-09-29 18:55:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 28-sentyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi binosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov belgilangan jadval asosida fuqarolarning turli xil masalalari yuzasidan shaxsiy qabul oʻtkazildi.
Shaxsiy qabul davomida ichki ishlar vaziri Ichki ishlarga bogʻliq masalalar yuzasidan fuqarolarning muammo va murojaatlarini tingladi. Murojaatlarda fuqarolar buzilgan huquqlarini tiklash, ishga kirish va boshqada masalalar yuzasidan murojaatlarini yoʻlladi. Shaxsiy qabulda fuqarolarning koʻpchilik muammolari joyida hal qilinib vaqt talab qilinadiganlariga muddat belgilanib tegishli mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati



