IIV Malaka oshirish instituti va Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasining hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-10-09 11:25:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakolatxonasi delegatsiyasi ishtirokida xalqaro ishchi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Institut rahbariyati hamda Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi vakillari oʻrtasida uchrashuv davomida xalqaro huquq standartlarini huquqni muhofaza qilish faoliyatiga tatbiq etish, professor-oʻqituvchilarning kasbiy va pedagogik salohiyatini rivojlantirish, xorijiy ekspertlarni oʻquv jarayoniga jalb etish, zamonaviy raqamli va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, xalqaro oʻquv kurslari va grant loyihalarini amalga oshirish, penitentsiar tizim xodimlari uchun maxsus oʻquv modullarini joriy etish, ilgʻor xorijiy adabiyotlarni tarjima qilish hamda xalqaro konferensiya tashkil etishga qaratilgan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
IIV Malaka oshirish instituti





