Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Buxoro viloyati ichki ishlar organlarining 9 oylik faoliyati hamda xizmat intizomi holati muhokama qilindi
2026-10-09 07:50:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik Diyorbek Sattarov rahbarligidagi kengaytirilgan videoselektor yigʻilishida Buxoro viloyati ichki ishlar organlarining 9 oylik faoliyati sarhisob qilinib, xizmatdagi kamchiliklar va ularning sabablari tanqidiy muhokama qilindi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish, profilaktik tadbirlar natijadorligi va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati koʻrib chiqildi. Xodimlar tomonidan sodir etilgan salbiy holatlar, xizmat intizomi va qonuniylik talablarining buzilishi alohida muhokama etilib, rahbarlarning shaxsiy tarkib bilan ishlashdagi masʼuliyatiga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, aholini kiberfiribgarlikdan himoyalashda “APK qoʻriqchi” ilovasini ommalashtirish zarurligi taʼkidlandi.
Masʼullarga kadrlar bilan ishlashni yaxshilash, intizomni mustahkamlash va kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan qatʼiy topshiriqlar berildi.



