Yangi Namangan tumanida mahallalardagi kriminogen vaziyat va profilaktik ishlar oʻrganildi
2026-10-08 09:55:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati IIB boshligʻi rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan hududlarda xavfsiz muhitni mustahkamlash va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan oʻrganish ishlari Yangi Namangan tumanida davom ettirildi.
Tuman hokimi, prokuraturasi hamda tegishli tashkilotlar masʼullari ishtirokida tumandagi “Mingterak”, “Axsikent” va “Beruniy” mahallalarida kriminogen vaziyat, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligi tahlil qilindi. Shuningdek, jinoyat sodir etilishiga sabab boʻlayotgan omillar, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hududlar kesimida koʻrib chiqildi.
Masʼullarga mavjud muammolarni manzilli bartaraf etish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda “qizil” toifadagi mahallalarni bosqichma-bosqich “yashil” toifaga oʻtkazish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, kunlik xizmatga jalb etilgan xodimlarga hududdagi vaziyatdan kelib chiqib xizmatni samarali tashkil etish va kuch-vositalardan maqsadli foydalanish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati






