Sirdaryo viloyati Xalq qabulxonasida viloyat IIB rahbariyatining navbatdagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi
2026-10-06 11:25:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyati Xalq qabulxonasida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Sardor Mirzaraimovning fuqarolar murojaatlariga bagʻishlangan navbatdagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi.
Qabul davomida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarida koʻtarilgan masalalarni qonuniy va adolatli hal etishga alohida eʼtibor qaratildi.
Shaxsiy qabul jarayonida 10 ga yaqin murojaat koʻrib chiqildi. Xususan murojaatlarning asosiy qismini tergov va surishtiruv jarayonlari,shartnomaviy nizolar, aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy choralar koʻrish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalariga oid boʻldi.
Har bir murojaat yuzasidan fuqarolarning fikrlari tinglanib, koʻtarilgan masalalarni belgilangan tartibda oʻrganish va qonuniy yechim topish boʻyicha masʼul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining fuqarolar murojaatlarini bevosita oʻrganish , ularning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va qonuniy asosda hal etish, shuningdek, aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan bunday qabullari davom etmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati







