Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan Qoʻriqlash xizmati faoliyati oʻrganilib, xavfsizlikni taʼminlash va xizmat samaradorligini oshirish vazifalari belgilab berildi
2026-10-04 09:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 2 oktyabr kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Abdumajid Shermuxamedov tomonidan viloyat IIB huzuridagi Qoʻriqlash xizmati faoliyati yaqindan oʻrganildi.
Oʻrganish davomida xizmatni zamonaviy talablar asosida tashkil etish, qoʻriqlanayotgan obyektlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish, mavjud texnik imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda xodimlarning xizmat vazifalarini sifatli bajarishi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, obyektlarni qoʻriqlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va ularga tezkor munosabat bildirish, xodimlarning kasbiy mahorati va xizmat intizomini yanada oshirish boʻyicha tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Oʻrganish yakunida Qoʻriqlash xizmati faoliyatini takomillashtirish, qoʻriqlanayotgan obyektlarda ishonchli xavfsizlikni taʼminlash va fuqarolar mol-mulkini samarali himoya qilishga qaratilgan vazifalar belgilab berildi.
Belgilangan vazifalar ijrosi masʼul rahbarlar tomonidan nazoratga olinib, xizmat samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi taʼkidlandi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati






