IIV rahbariyati tomonidan Toshkent viloyati va poytaxtda tungi xizmat faoliyati oʻrganildi
2026-10-01 22:55:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik Diyorbek Sattarov tomonidan tungi vaqtda Toshkent viloyati hamda poytaxt ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyati oʻrganildi.
Xususan, Chirchiq shahar IIB, 1-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi hamda Mirzo Ulugʻbek tumani IIBda xodimlarning xizmatga shayligi, belgilangan vazifalarni bajarish holati, xizmatni tashkil etish jarayoni hamda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarning xizmat olib borish tartibi, zarur vositalar bilan taʼminlanganligi va mavjud sharoitlar joyiga chiqqan holda koʻzdan kechirildi.
Oʻrganish davomida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, xizmat samaradorligini oshirish hamda xodimlar uchun munosib shart-sharoitlarni taʼminlash yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.







