Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi
2026-10-01 10:00:00 / Yangiliklar

“Ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishining kriminologik omillari: muammolar, profilaktika va innovatsion yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida “Ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishining kriminologik omillari: muammolar, profilaktika va innovatsion yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.
Konferensiya ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonlikni keltirib chiqaruvchi omillarni ilmiy tahlil qilish, uning oldini olishdagi mavjud muammolarni muhokama etish hamda himoya mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bagʻishlandi.
Maʼruzalarda jinoyat qurboni boʻlish xavfini kamaytirishning huquqiy va ijtimoiy mexanizmlari, xotin-qizlar va bolalarga qarshi qaratilgan kiberzoʻravonlikning oldini olish, zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish masalalari yoritildi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik profilaktikasini takomillashtirishga doir yondashuvlar ham muhokama qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti



