Namangan viloyatida jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlar oʻrganildi
2026-09-30 01:50:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi, polkovnik Timur Ismailov Namangan viloyatida boʻlib, hududlarda jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda aholi osoyishtaligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Xususan, hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida mahallabay tashkil etilgan ishlar ham atroflicha koʻrib chiqildi.
Oʻrganishlar davomida har bir mahallada kriminogen vaziyatni muntazam tahlil qilib borish, huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etishda mahalla yettiligi va profilaktika inspektori hamkorligini yanada samarali tashkil etish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati




