Kiberjinoyatlarning oldini olish boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi
2026-09-29 11:15:00 / Yangiliklar

28-sentyabr kuni Andijon viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi xodimlari, shuningdek, tuman va shaharlardagi kasb-hunar kollejlari oʻqituvchi hamda xodimlari ishtirokida kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi oʻrinbosari Jahongir Sagdullayev ishtirok etib, internetdan xavfsiz foydalanish, kibertahdidlarning oldini olish va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha muhim tavsiyalar berdi.
Shuningdek, ishtirokchilarga kiberjinoyatlarning keng tarqalgan turlari, ulardan himoyalanish usullari hamda internetda ehtiyotkorlik choralari haqida tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida fuqarolarning kiberxavfsizligini taʼminlashga qaratilgan “APK Qoʻriqchi” ilovasi, uni yuklab olish va foydalanish tartibi haqida ham maʼlumot berildi.
Kiberxavfsizlik — har birimizning masʼuliyatimiz!
IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Axborot xizmati





