Inson qadri uchun. Har bir murojaat eʼtiborda
2026-09-25 23:00:00 / Yangiliklar

Poytaxt aholisining murojaatlariga javob qaytarish maqsadida oʻtkazilgan Toshkent shahar IIBB boshligʻining shaxsiy qabulini kuzatarkansiz, bu yerga tashrif buyurgan fuqarolar uchun barcha sharoitlar yaratilganiga guvoh boʻlasiz.
Murojaatlarning asosiy qismini surishtiruv va dastlabki tergov harakatlari hamda tergovga qadar tekshiruv jarayonlaridan norozilik, ichki ishlar organlariga ishga kirish va xizmat joyini oʻzgartirish kabi masalalar tashkil etdi. Shuningdek, mol-mulk va moddiy mablagʻlarni undirish, hayot va sogʻliqqa qarshi noqonuniy xatti-harakatlar hamda turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yuzasidan ham shikoyatlar kelib tushdi.
Bosh boshqarma boshligʻi, polkovnik Ravshan Sultanxodjayev fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqarkan, ularning aksariyatini ijobiy hal etdi. Murojaatlarning ayrimlari shu yerning oʻzida yechim topgan boʻlsa, boshqalari puxta oʻrganilib, qonun doirasida koʻrib chiqish uchun nazoratga olindi. Muammosi oʻz yechimini topgan fuqarolar davlatimizdan mamnun ekanliklarini bildirishdi.
Albatta, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar oʻz vaqtida va adolatli hal etilishi aholining davlat va qonunlarga boʻlgan ishonchini oshirib, yurtimizda huquqiy-demokratik jamiyat qurish yoʻlida mustahkam zamin yaratilayotganini yaqqol koʻrsatadi.
© “Postda” gazetasi, Abu Kenjayev, fotomuxbir.
