IIV Malaka oshirish institutida navbatdagi malaka oshirish oʻquv kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi
2026-09-20 09:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ichki ishlar organlarining barcha darajadagi boʻlim boshliqlari hamda tuman (shahar, tarmoq) ichki ishlar organlari boshligʻining oʻrinbosari lavozimiga tayinlash uchun navbatdagi oʻquv kursi yakunlandi.
Shuningdek, institutda ichki ishlar organlari xodimlariga “podpolkovnik”, “mayor” va “katta serjant” maxsus unvonlarini olish uchun maxsus malaka oshirish boʻyicha navbatdagi oʻquv kurslari ham oʻz nihoyasiga yetdi.
Oʻquv mashgʻulotlari davomida tinglovchilarning kasbiy bilim va koʻnikmalarini yanada takomillashtirish, xizmat faoliyatida zamonaviy yondashuvlarni qoʻllash hamda rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat yuritish uchun zarur kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Kurslar yakunida tinglovchilarning oʻzlashtirgan bilim va koʻnikmalari belgilangan tartibda baholanib, tegishli yakuniy natijalar rasmiylashtirildi.
Mazkur oʻquv kurslari ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning kasbiy tayyorgarligini yuksaltirish, rahbarlik lavozimlariga nomzodlarning bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash hamda xizmat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
IIV Malaka oshirish instituti







