Voleybol. Payshanbada bellashamiz
2026-09-16 23:00:00 / Yangiliklar

Har hafta payshanba kuni Fargʻona viloyatining shahar va tumanlarida yoshlar oʻrtasida voleybol musobaqalari muntazam tashkil etilmoqda.
Ushbu tashabbusdan koʻzlangan asosiy maqsad — yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sportga qiziqishini oshirish hamda iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash.
Navbatdagi voleybol bahslari Yozyovon, Toshloq, Oʻzbekiston, Furqat, Soʻx, Quva, Qoʻshtepa, Margʻilon, Rishton va Buvayda hududlarida boʻlib oʻtdi.
Qizgʻin va murosasiz kechgan bellashuvlarda yoshlar oʻzlarining mahorati, chaqqonligi va jamoaviy hamjihatligini namoyish etdilar.
Fargʻona viloyatida voleybolga qaratilayotgan eʼtibor va muntazam tashkil etilayotgan musobaqalar ushbu sport turining yoshlar orasida yanada ommalashishi va rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
© “Postda” gazetasi
