Inson qadri uchun. “Shodligimning cheki yoʻq“
2026-09-12 23:00:00 / Yangiliklar

Mustaqillikning 35-yilligi arafasida Navoiy viloyatida uzoq yillar yashab, turli sohalarda fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi.
Ular orasida tatar millatiga mansub Anas Valiaxmetov ham bor. Bugun 61 yoshni qarshi olgan bu inson 2017-yilda taqdir taqozosi bilan Rossiyadan Oʻzbekistonga koʻchib kelgan. Shundan buyon uning hayoti Navoiy zamini bilan chambarchas bogʻlandi.
Yillar davomida halol ishlab, jamiyatda oʻz oʻrnini topdi. Qoʻliga eng ulugʻ, eng aziz bayram arafasida shu yurtning fuqarosi ekanligini tasdiqlovchi hujjatni topshirishganida:
- Koʻnglimdan kecha-yotgan tuygʻularni ifodalashga soʻz topolmayapman. Shodligimning cheki yoʻq. Shu topda Oʻzbekiston zaminida oʻtkazgan hayotim koʻz oldimda gavdalanyapti. 2017-yilda Navoiy viloyatiga kelganimda bu yurtda butunlay yashab qolishimni, vaqti kelib shu mamlakatning fuqarosi maqomini olishimni tasavvur ham qilmagan edim. Oʻzbekiston menga oʻz bagʻridan joy berdi. Bundan buyon ham unga munosib boʻlishga harakat qilaman, — dedi hayajonini yashira olmay.
© “Postda” gazetasi, Mahliyo Xolova, Navoiy viloyati.
