Namangan viloyati IIBda jinoyatlarni fosh etish, qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va tergov sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi
2026-09-06 12:00:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati IIBda jinoyatlarni fosh etish, qidiruvda boʻlgan shaxslarni aniqlash, tergov va tergovga qadar tekshiruv sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Yigʻilishda ushbu yoʻnalishlarda joriy yilning oʻtgan davrida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar koʻrib chiqildi.
Shuningdek, jinoyatlarni fosh etish natijadorligini oshirish, qidiruvdagi shaxslarni aniqlash ishlarini kuchaytirish, tergov va tergovga qadar tekshiruv sifatini yaxshilash boʻyicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Muhokama davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati


