“Eng yaxshi tergovchi” koʻrik-tanlovining Namangan viloyati bosqichi oʻtkazildi
2026-09-02 09:00:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda uning quyi boʻlinmalarida xizmat qilayotgan xodimlar oʻrtasida “Eng yaxshi tergovchi” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Tanlovning dastlabki bosqichida ishtirokchilarning nazariy bilimlari test sinovlari orqali baholandi.
Shuningdek, “Makarov” toʻpponchasini toʻliqsiz qismlarga ajratish va qayta yigʻish, amaliy oʻq otish hamda jismoniy tayyorgarlik boʻyicha toʻsinda tortilish, 100 va 1000 metr masofaga yugurish sinovlari oʻtkazildi.
Tanlov yakunlariga koʻra, barcha shartlar boʻyicha eng yuqori natijani qayd etgan ishtirokchi gʻolib deb topilib, “Eng yaxshi tergovchi” koʻrik-tanlovining Respublika bosqichida Namangan viloyati sharafini himoya qilish huquqini qoʻlga kiritdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati









