“Yashil chiroq - 2026” musobaqasining respublika bosqichi yakunlandi
2026-08-31 11:15:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan “Semurgʻ” bolalar oromgohida yoʻl harakati qoidalariga bagʻishlangan “Yashil chiroq - 2026” musobaqasining respublika bosqichi oʻz yakuniga yetdi.
Bir necha kun davom etgan bellashuvlarda mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh ishtirokchilar oʻz bilim va mahoratlarini sinovdan oʻtkazdilar.
Musobaqa davomida jamoalar belgilangan shartlarni bajarib, yoʻl harakati qoidalari boʻyicha bilimlari, chaqqonligi, topqirligi va jamoaviy harakatlarini namoyish etdilar.
Har bir shart qizgʻin kechib, ishtirokchilar gʻalaba uchun soʻnggi daqiqalargacha bor kuchlarini ishga soldilar.
Yakuniy natijalarga koʻra, Navoiy viloyati jamoasi faxrli 1-oʻrinni egalladi.
Musobaqada yuqori natija qayd etgan jamoalar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
“Yashil chiroq - 2026” musobaqasi yoshlarning yoʻl harakati xavfsizligi borasidagi bilimlarini mustahkamlash bilan birga, ularni doʻstlik, hamjihatlik va sogʻlom raqobat ruhida birlashtirdi.









