Namangan viloyatida davlatimiz mustaqilligining 35-yilligi arafasida fuqarolikka qabul qilingan shaxslarga ID-kartalar tantanali topshirildi
2026-08-28 19:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Prezidentning 2026-yil 25-avgustdagi 169-son Farmoniga muvofiq, Namangan viloyatida yashayotgan ikki nafar shaxs Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.
Shu munosabat bilan Namangan viloyati IIBda tantanali tadbir tashkil etilib, fuqarolikka qabul qilingan shaxslarga ID-kartalar Namangan viloyati IIB boshligʻi hamda Yangi Namangan tumani hokimi tomonidan topshirildi.
Tadbir davomida ular samimiy qutlanib, yangi maqom mamlakatimiz hayotida faol ishtirok etish, qonunlarga hurmat bilan munosabatda boʻlish va Vatan ravnaqiga munosib hissa qoʻshishdek yuksak masʼuliyatni ham yuklashi bildirildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati









