IIV Akademiyasida ichki ishlar organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi
2026-08-27 09:00:00 / Yangiliklar

Unda Ichki ishlar vazirligi, Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi va boshqa tashkilotlar mutasaddilari, jamoatchilik vakillari, mutaxassislar hamda OAVlari xodimlari qatnashdi.
Tadbir ichki ishlar organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilash, mavjud muammolarga yechim topish orqali jamiyatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar samaradorligini oshirish maqsadida tashkil qilindi.
Davra suhbatida soʻz olganlar faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar.
Toʻplangan tajribalar tahlil qilinib, davlat va jamoatchilik tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish, istiqbolli loyihalarni amaliyotga joriy qilish, faoliyatni ilmiy jihatdan tadqiq etish, doimiy va samarali muloqotni izchil davom ettirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati








