Sirdaryo viloyatida xotin-qizlarga huquqiy va amaliy yordam koʻrsatildi
2026-08-26 19:15:00 / Yangiliklar

Sayyor qabul davomida IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligi oʻrinbosari, Sirdaryo viloyati IIB masʼullari va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida xotin-qizlarning huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlari tinglanib, ularga qonunchilik doirasida huquqiy tushuntirish va amaliy yordamlar koʻrsatildi.
Ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish — doimiy eʼtiborimizda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati



