Oʻzbekiston MMAchilari Jahon chempionatida kuchli oltilikdan joy oldi
2026-08-25 14:35:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 16-23-avgust kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida sportning aralash jang sanʼatlari boʻyicha kichik oʻsmirlar, oʻsmirlar va yoshlar (oʻgʻil bolalar va qizlar) oʻrtasida Jahon chempionati boʻlib oʻtdi.
Unda dunyoning 55 ta mamlakatidan 1500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etib, gʻoliblik uchun bahs olib bordi.
Musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 61 nafar sportchi ishtirok etib, jami 15 ta medal - 3 ta oltin, 4 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Umumjamoa medallar hisobida Oʻzbekiston terma jamoasi 6-oʻrinni egalladi.
Poytaxtimizdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportida Jahon chempionatida munosib ishtirok etgan sportchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida Assotsiatsiya rahbariyati hamda sportchilarning yaqinlari tomonidan munosib ravishda kutib olindi.
