Buxoroda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha vazifalar belgilandi
2026-08-23 11:15:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyatida aholi va sayyohlar xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash hamda bayram tadbirlarini xavfsiz oʻtkazish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi faoliyati tanqidiy-tahliliy oʻrganildi.
Masʼullarga sayyohlik obyektlari, tarixiy-madaniy yodgorliklar, ommaviy dam olish maskanlari va bayram tadbirlari oʻtkaziladigan hududlarda jamoat tartibi hamda xavfsizlikni taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va favqulodda holatlarning oldini olish choralarini kuchaytirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, xorijiy va mahalliy sayyohlarga sifatli xizmat koʻrsatish, ularning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlarga tezkor chora koʻrish zarurligi taʼkidlandi.
Masʼul rahbar va xodimlarga xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish, tadbirlarga puxta tayyorgarlik koʻrish va belgilangan vazifalar ijrosini nazoratga olish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti



