Yoshlar yurt kelajagi. Eng sharafli burch
2026-08-17 07:45:00 / Yangiliklar

Leytenant Samandar Hojiyev viloyat IIB huzuridagi Qoʻriqlash xizmati Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi katta inspektori lavozimida faoliyat yuritadi.
- Har doim xizmatga chiqqanimizda xalqimizning ishonchi va yurtimiz tinchligi uchun masʼul ekanimizni chuqur his qilamiz, — deydi lavhamiz qahramoni. — Ana shu yuksak ishonchni oqlash, halol va vijdonan xizmat qilish hayotiy tamoyilimiz hisoblanadi.
Kelgusida bilim va tajribasini yanada boyitish, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallashni maqsad qilgan Samandarning hayot yoʻli bugungi yoshlar uchun munosib ibratdir. Uning fikricha, yuksak natijalarga erishish aniq maqsad, tinimsiz mehnat va Vatanga muhabbatdan boshlanadi. Zero, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshish va xalq ishonchini oqlash har bir yoshning eng sharafli burchidir.
© “Postda” gazetasi, Mirzoqul AHADOV
