Mahallarda voyaga yetmaganlar oʻrtasida noqonuniy diniy taʼlim va yot gʻoyalar taʼsirining oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
2026-08-15 14:35:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati tomonidan voyaga yetmaganlar oʻrtasida noqonuniy diniy taʼlim va turli yot gʻoyalar taʼsirining oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar muhokama qilindi.
Muhokama davomida mahallalarda voyaga yetmaganlar bilan ishlash, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratish hamda turli salbiy taʼsirlarga tushib qolishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, voyaga yetmaganlarning noqonuniy diniy taʼlim olish holatlariga jalb etilishining oldini olish, ularning ota-onalari bilan profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish, oiladagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish va mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Ayniqsa, voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqiy va diniy savodxonlikni oshirish, ularda sogʻlom dunyoqarash va mustaqil fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish, yoshlarni taʼlim, sport, madaniyat va boshqa foydali mashgʻulotlarga keng jalb etish orqali salbiy taʼsirlarning oldini olish zarurligi qayd etildi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati



