Sirdaryo viloyati Guliston shahrida fuqarolar murojaatlarini oʻrganish va mavjud muammolarni qonuniy tartibda hal etish yuzasidan sayyor qabul oʻtkazildi
2026-08-14 15:35:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Farrux Xaydarov tomonidan fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda oʻrganish va mavjud muammolarni qonuniy tartibda hal etishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabul Guliston shahridagi “Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻinida oʻtkazildi.
Sayyor qabul davomida mahalla aholisi oʻzlarini qiynab kelayotgan masalalar, taklif va tashabbuslari yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻiga bevosita murojaat qilish imkoniga ega boʻldi.
Qabul jarayonida fuqarolardan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, kredit majburiyatlari, oilaviy nizolarni hal etishda amaliy yordam koʻrsatish hamda ekologiya bilan bogʻliq masalalar yuzasidan jami 6 ta murojaat qabul qilindi.
Murojaatlarning har biri tegishli masʼullar ishtirokida koʻrib chiqilib, vakolat doirasida hal etish choralari belgilandi. Qoʻshimcha oʻrganish va muayyan muddat talab etadigan masalalar yuzasidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi hamda murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolarning murojaatlarini manzilli oʻrganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash hamda mavjud muammolarga oʻz vaqtida yechim topishga qaratilgan bunday sayyor qabullar hududlarda davom etmoqda.





