Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati tomonidan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida amalga oshirilgan ishlar oʻrganilib, muhokama qilindi
2026-08-13 15:00:00 / Yangiliklar

“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarning holati oʻrganilib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.
Oʻrganishlar davomida profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar ham koʻzdan kechirildi. Jumladan, ularning xizmat uylari va xizmat xonalarining holati, obodonligi, sanitariya sharoitlari, zarur jihozlar bilan taʼminlanganligi hamda xizmat vazifalarini samarali bajarishi uchun yaratilgan imkoniyatlar oʻrganildi.
Oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyati uchun munosib shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, mahallalarda obodlik va osoyishtalikni taʼminlash hamda aholiga koʻrsatilayotgan profilaktik xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan masʼullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati



