Namangan viloyati hududlarida Mustaqillik bayrami tadbirlarini xavfsiz oʻtkazish boʻyicha oʻrganishlar olib borildi
2026-08-13 12:55:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining oʻttiz besh yilligi “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh gʻoya asosida keng nishonlanishi munosabati bilan bayram tadbirlarini xavfsiz va yuqori saviyada oʻtkazish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa masʼul tuzilmalar tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda Namangan viloyati IIB boshligʻi, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan Kosonsoy, Yangiqoʻrgʻon va Chortoq tumanlarida Mustaqillik bayrami munosabati bilan ommaviy tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan hududlar oʻrganildi.
Oʻrganish davomida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, transport va piyodalar harakatini tartibga solish, shuningdek, jalb etiladigan kuch va vositalarni belgilangan tartibda joylashtirish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqilib, masʼullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati



