Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Navoiyda Mustaqillik bayrami tadbirlari xavfsizligi taʼminlanishi hamda amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi
2026-08-13 11:55:00 / Yangiliklar

Mustaqillik bayrami munosabati bilan yurtimizning barcha hududlarida keng koʻlamli ommaviy tadbirlarga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda. Ayniqsa, bayram tadbirlarini aholi uchun xavfsiz va yuqori saviyada tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Baxodir Mirzarahimov xizmat safari davomida Navoiy shahri hamda Karmana tumanida boʻlib, Mustaqillik bayrami munosabati bilan ommaviy tadbirlar oʻtkazilayotgan hududlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni oʻrgandi.
Oʻrganishlar davomida, avvalo, bayram tadbirlari oʻtkaziladigan maydonlar, aholi gavjum joylarida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash masalalariga eʼtibor qaratildi. Shuningdek, transport harakatini tartibga solish, piyodalar xavfsizligini taʼminlash hamda turli koʻngilsiz holatlarning oldini olish borasida koʻrilayotgan choralar ham koʻzdan kechirildi.
Masʼullarga bayram tadbirlari davomida xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish, xizmatga jalb etilgan xodimlarning hushyorligi va tezkorligini taʼminlash, aholi bilan muloqotni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish hamda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlarga zudlik bilan chora koʻrish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, tadbirlar oʻtkaziladigan hududlarda jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash, transport oqimini samarali boshqarish hamda xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash muhim vazifa ekani taʼkidlandi.
Mustaqillik bayrami tadbirlarining tinch, osoyishta va xavfsiz oʻtishi uchun barcha zarur choralar koʻrilmoqda. Ichki ishlar organlari xodimlari bayram kunlari jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash vazifalarini yuksak masʼuliyat bilan bajaradi.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi



