Navoiy viloyatining olis Zarafshon shahri, Tomdi va Uchquduq tumanlari aholisining murojaatlarini oʻrganish maqsadida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi
2026-08-12 11:55:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning murojaatlarini oʻrganish, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish maqsadida rahbarlar tomonidan muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etilib kelinmoqda. Xususan, Navoiy viloyatining olis Zarafshon shahri Tomdi va Uchquduq tumanlarida huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari hamda ijtimoiy soha vakillari ishtirokida ommaviy sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Viloyat IIB boshligʻi Azat Tasbayev ham yoʻnalishi doirasida fuqarolarning murojaatlarini tingladi. Unda hudud aholisining ijtimoiy-huquqiy mavzudagi muammolari oʻrganildi.
Masʼullar tomonidan har bir murojaat atroflicha oʻrganilib, aksariyatiga shu joyning oʻzida yechim topildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ularni qayta oʻrganish maqsadida alohida nazoratga olindi.
Bunday ommaviy sayyor qabullar fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni oʻz vaqtida ijobiy hal etish, ularning murojaatlariga amaliy yechim topish hamda ertangi kunga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Navoiy viloyati IIB axborot xizmati


